"Barselona"ning braziliyalik vingeri Rafinya Dias JCH-2026dan keyin jamoani tark etmaydi. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Rafinya Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, joriy mavsum yakunlangach, "Barselona"ni tark etish niyatida emas. Rafinya jamoani va shaharni yaxshi ko‘radi, u Kataloniya jamoasida uzoq vaqt qolishni xohlaydi.
Rafinya "Barselona" safiga 2022 yil yozida kelib qo‘shilgandi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
28 yoshli braziliyalikning "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.