Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Barselona» yirik g‘alabaga qaramay, Ispaniya Kubogidan chiqib ketdi

«Barselona» yirik g‘alabaga qaramay, Ispaniya Kubogidan chiqib ketdi

Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida «Barselona» «Atletiko»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Kataloniyaliklar yarim himoyachisi Mark Bernal 29-daqiqada hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunida vinger Rafinya penaltini aniq amalga oshirib, mezbonlar ustunligini ikki barobarga oshirdi. 72-daqiqada esa Bernal dublni rasmiylashtirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Birinchi o‘yinda «Atletiko» 4:0 hisobida g‘alaba qozongani sababli, Madrid jamoasi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi. U yerda madridliklar «Atletik» — «Real Sosyedad» juftligi (birinchi o‘yin — 0:1) g‘olibi bilan to‘qnash kelishadi.

Ispaniya Kubogi. 1/2 final. Javob o‘yini
04.03.2026 | 01:00
«Kamp Nou», Barselona
(Birinchi o‘yin — 0:4)

«BARSELONA» — «ATLETIKO» — 3:0
Gollar:
Bernal 29 (1:0), Rafinya 45+5 — penaltidan (2:0), Bernal 72 (3:0).

«Barselona»: Garsiya, Kubarsi, Martin, Joau Kanselu, Kunde (Balde, 13, Arauxo, 71), Pedri, Bernal, Fermin Lopes (Olmo, 64), Rafinya, Yamal, Torres (Reshford, 64).

«Atletiko»: Musso, Gansko, Pubil, Rudjeri, Lyorente, Kardozo, Koke (Molina, 58), Lukman (Serlot, 58), Simeone (Ximenes, 76), Grizmann, Alvares (Baena, 69).

Ogohlantirishlar: Olmo (66), Joau Kanselu (67), Yamal (90) — Baena (90).

Kiritildi: Bugun 08:35. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!