Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

«Barselona» Anchelottining Rafinya bo‘yicha qaroridan shokda

«Barselona» Anchelottining Rafinya bo‘yicha qaroridan shokda

«Barselona» rahbariyati Karlo Anchelottining Rafinyani Braziliya terma jamoasiga chaqirish qaroridan hayratda qoldi.

The Touchline nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar futbolchining sog‘lig‘idan xavotirda. Chunki Rafinya avvalgi xalqaro tanaffusda olgan jarohatidan so‘ng endigina o‘z formasini tiklamoqda.

«Barselona» rahbariyati vingerning yana milliy jamoa ixtiyoriga borishi uning jismoniy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo‘rqmoqda.

Braziliya terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Anchelotti shogirdlari 14 noyabrda Yaponiya, 17 noyabrda esa Singapurga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:52 30.10.2026. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!