Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Baliqchilikda yangi davr: tadbirkorlar uchun subsidiyalar, elektron auksion va yangi imkoniyatlar

Baliqchilikda yangi davr: tadbirkorlar uchun subsidiyalar, elektron auksion va yangi imkoniyatlar

Prezident SH.Mirziyoyevning “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2026–2027 yillar baliqchilik sohasida ustuvor davr etib belgilandi.

📌Farmonga ko‘ra:

👀 baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnaga, sovuq suv baliqchiligi esa 20 ming tonnaga yetkaziladi;

👀 Baliqchilikni rivojlantirish markazi hamda uni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi;

👀 2027 yildan suv omborlari va tabiiy suv havzalari ochiq elektron auksion orqali ijaraga beriladi;

👀 tadbirkorlarga quyosh panellari, aeratorlar, naslli ona baliqlar importi, yopiq suv aylanish tizimlari (UZV) hamda omuxta yem ishlab chiqarish uskunalari uchun subsidiyalar va kompensasiyalar ajratiladi;

👀 baliqchilik xo‘jaliklari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilib, xorijiy mutaxassislarni jalb etish ham davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

❗️ Ushbu islohotlar baliqchilikni zamonaviy, raqobatbardosh va yuqori samaradorlikka ega tarmoqqa aylantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholini sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Kiritildi: 16:17 06.07.2026. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!