Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Bag‘oiy: AQSh va Isroil jinoyatlarini oqlashga urinishlar chalg‘ituvchi

Bag‘oiy: AQSh va Isroil jinoyatlarini oqlashga urinishlar chalg‘ituvchi

Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘oiy AQSh va Isroil jinoyatlarini oqlashga qaratilgan urinishlarni keskin tanqid qildi. U Eronda inson huquqlari masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachi faoliyatini siyosiylashgan mexanizm deb atadi.

Bag‘oiy bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi. Uning ta’kidlashicha, mazkur mexanizmdan Eronni AQSh va Isroil sodir etgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish maqsadida muntazam foydalanish tajovuz, jinoyatlar va bir tomonlama majburlov choralarini qasddan oqlashga urinishdan boshqa narsa emas.

«Bunday yondashuv chuqur chalg‘ituvchi va o‘ta aldamchidir», — deb yozdi Bag‘oiy.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakilining fikricha, inson huquqlari masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachi mexanizmi Buyuk Britaniya tashabbusi bilan BMTning Inson huquqlari kengashiga kiritilgan va siyosiy maqsadlarga xizmat qiladi.

Bag‘oiyning bayonoti Eronda inson huquqlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bildirilgan da’volarga javob sifatida yangradi.

Kiritildi: 18:42 30.10.2026. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!