Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Avtomashina yoqilg‘i baki ichiga yashirilgan narkotik moddalar fosh bo‘ldi

Avtomashina yoqilg‘i baki ichiga yashirilgan narkotik moddalar fosh bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida joylashgan “Ravot” chegara-bojxona postiga Tojikiston Respublikasidan kirib kelgan, O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1979 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida sinchkovlik bilan tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinaning yoqilg‘i baki ichiga sof og‘irligi 10 kg. 739 gr. “gashish”, 412 gr. “marixuana” va 35 gr. “opiy” giyohvandlik vositalari hamda 6945 dona “Royal” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yashirilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 11:00 09.01.2026. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!