Nikolas Maduroning yaqin doirasi a’zosi, shaxsiy xavfsizlik xodimi uni qo‘lga olish operasiyasida AQSh maxsus xizmatlariga yordam bergan. Endi u 50 million dollar olishi mumkin, deb yozmoqda The New York Times.
Maduroning uyini egallashda mikrodronlardan foydalanilgan. Ular ichki uyning real vaqt rejimidagi 3D xaritasini yaratgan. Bu askarlarga to‘siqlarni, tansoqchilarni va Maduroning o‘zini bemalol ko‘rish imkonini bergan.
Xoin tan soqchi Markaziy razvedka boshqarmasiga shifrlangan kanal orqali Maduroning uxlab qolgani va uning tansoqchilari "dam olayotgani" haqidagi tasdiqni uzatgan. Maduroning yotoqxonasi va unga ulangan bunker xonasining ulkan po‘lat eshiklari qulflanganda va qayta ochilganda malum vaqt sarflangan. Aynan o‘sha malum vaqt ichida Delta Force maxsus kuchlari Maduroni qo‘lga olishgan deb yozadi nashr.
Tramp aytganidek, Maduro bunkerga kirishga harakat qildi, lekin shunchalik tez yugurdiki, ulgurmadi.