AQSh kuchlari Rossiya bayrog‘i ostida suzib ketayotgan tankerni qo‘lga olishga borganida rus harbiy kemalari tezda ortga chekingan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanalida intervyusida, AQSh tomonidan ta’qib qilingan Bella 1 neft tankerini kuzatib borish uchun Rossiya yuborgan suvosti kemasi va esmines “juda tez chekinganini” aytdi.
Jurnalist AQSh prezidentidan Bella 1 tankeri amerikalik kuchlar tomonidan qo‘lga olinganidan keyin Vladimir Putin unga qo‘ng‘iroq qilgani yoki qilmaganini so‘radi.
"Men bu haqda gapirishni xohlamayman, ammo fakt shuki: u yerda Rossiyaning suvosti kemasi va esminesi bo‘lgan, biznikilar yetib borganida esa ikkalasi tezlik bilan chekingan. Biz neft tankerini qo‘lga oldik va ayni paytda undan neftni tushirish ishlari olib borilmoqda", — dedi Tramp.