Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Hindistonda ayrim odamlar zargarlik buyumlari do‘konlariga kiritilmaydi, ular kimlar?

Hindistonda ayrim odamlar zargarlik buyumlari do‘konlariga kiritilmaydi, ular kimlar?

Hindistonning Bihar shtatida yuzining katta qismini yopgan odamlarga zargarlik buyumlari do‘konlariga kirish taqiqlangani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

India Today xabariga ko‘ra, Butun Hindiston zargarlik buyumlari federasiyasi (AIJGF) Bihardagi zargarlik buyumlari do‘konlariga burqa, niqob yoki dubulg‘a kiygan, ya’ni yuzining katta qismini yopadigan odamlar kirishini chekladi.

Ushbu chora o‘g‘irlik va talonchilik holatlari ko‘payib borayotgan bir paytda xavfsizlikni ta’minlash uchun joriy etilgan va bugundan boshlab shtat bo‘ylab kuchga kirdi.

Yangi qoidaning bir qismi sifatida Bihardagi zargarlik buyumlari do‘konlarining kirish joylariga burqa, niqob yoki dubulg‘a kiyishni taqiqlovchi ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatildi.

Zargarlar uyushmasi ushbu qoida jinsidan qat’i nazar, barcha odamlarga tegishli ekanligini va vaqt o‘tishi bilan qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Hozirda Bihardagi zargarlik buyumlari do‘konlariga kirish uchun yuz ochiq bo‘lishi kerak.

Samastipur okrugidan parlament a’zosi Shambhavi Chaudxari yangi qoida haqida fikr bildirib, bu choraning dinga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi.

— Bu — xavfsizlik masalasi. Taqiq nafaqat burqa va hijoblarga, balki dubulg‘alar va boshqa yuzni yopadigan narsalarga ham tegishli, — dedi Chaudxari.

Kiritildi: 21:47 09.01.2026. O'qildi: 2006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!