Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges 13 yanvarda Vashingtonga borishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda — ABC Internacional.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rodriges kelasi seshanba kuni Vashingtonga safar va Oq uyga tashrif uchun ruxsat so‘ragan.
Mazkur so‘rov dastlabki ko‘rib chiqish bosqichida bo‘lib, AQSh Moliya vazirligi tomonidan joriy etilgan sanksiyalardan vaqtincha ozod etishni talab qiladi.
Shu bilan birga, Venesuela hukumati AQSh Davlat departamenti xodimlari Karakasga yetib kelganini tasdiqladi.
Bayonotda aytilishicha, tez orada Venesuela diplomatlaridan iborat delegasiya Qo‘shma Shtatlarga yuboriladi.