«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida iliq fikr bildirdi.
«Husanov – aql bovar qilmas futbolchi. U raqibning uzoq masofaga yo‘naltirilgan uzatmalariga qarshi harakatlanishimizda katta yordam berdi. U butun maydonni nazorat qila oladigan futbolchi! Abduqodir o‘sishda davom etmoqda. U yanada dadilroq harakat qilishi, to‘p nazoratida faolroq ishtirok etishi kerak – ammo bu vaqt masalasi. Bevosita himoyalanishda u ajoyib o‘yinchi!» – murabbiy so‘zlarini keltirdi «City Report».
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» APL jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va yetakchi «Arsenal»dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.