2025 yil 17 dekabrdagi «Bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-250-son Farmon ijrosi doirasida O‘zbekistonda bir qator bojxona postlari tugatiladi.
Xususan:
Mazkur chegara o‘tkazish punktlarida joriy yildan boshlab sinov tariqasida avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish ishlari faqatgina chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, Masofaviy elektron deklarasiyalash (MED) tizimi faoliyatini qayta tashkil etiladi. Jumladan, bunda Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi MED bojxona postlari faoliyati to‘xtatiladi.
Tugatilayotgan bojxona postlarining shtat birliklari «Bojxona rasmiylashtiruvi markazi»ga, shuningdek ish hajmi yuqori bo‘lgan boshqa bojxona postlariga o‘tkazilishi belgilangan.