"Ota, siz oilamizdagi barchani kuchli insonlarga aylantirdingiz. Biz, siz qaytguningcha o‘z burchimizni bajaryapmiz. Vatanimiz ishonchli qo‘llarda, dada", — deya ta’kidladi Nikolas Maduro Gerra.
U, shuningdek, Delsi Rodrigesni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. "Menga ishonavering. Mening oilamga ishoning", – dedi Nikolas Maduro Gerra.
Eslatib o‘tamiz, Venesuelaning AQSh tomonidan qo‘lga olingan rahbari Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Nyu York Janubiy okrug federal sudining dastlabki majlisida barcha ayblovlarni rad etdi. Ularning ikkisiga ham «narkoterrorizm» bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Keyingi sud majlisi 17 mart kuniga belgilandi.
Venesuelada esa vise-prezident Delsi Rodriges vaqtincha davlat rahbari sifatida qasamyod qabul qildi. Bundan biroz oldinroq Donald Tramp agar AQSh bilan hamkorlikdan bosh tortadigan bo‘lsa, unga jiddiy oqibatlar bilan tahdid qilgandi. Bunga javoban Rodriges Qo‘shma Shtatlarni «tinch-totuv yashash»ga chaqirgan.