Biz butun bir mamlakatni egallab oldik va biz bu mamlakatni kuchli va boy qilamiz, dedi Tramp Venesuela haqida Fox News va New York Times gazetalariga intervyu berarkak.
Uning asosiy boshqa bayonotlari:
- Venesuela tartibga keltirilmaguncha, biz u yerda bo‘lamiz. Qo‘shma Shtatlar Venesuela neftini sotish orqali milliardlab, ehtimol trillionlab dollar ishlab olishni rejalashtirmoqda. AQSh bir kun ichida Venesuela neftidan jami 4 milliard dollar miqdorida daromad oldi va bu ko‘rsatkich oshib boradi;
- Kubalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan Marko Rubio uchun Venesueladagi operasiya, ehtimol, qasos olish harakati bo‘ldi;
- Men 8 ta urushni to‘xtatdim. Ahmoq Norvegiya esa menga Nobel mukofotini bermadi;
- Bayden Ukrainaga 350 milliard dollar berdi. Men esa Ukraina bilan noyob yer elementlaridan foydalanish bo‘yicha adolatli kelishuv tuzdim, ushbu bitim doirasida pullarimizni qaytarib olamiz;
- Men AQSh prezidenti ekanman, Xitoy raisi Si Szinpin Tayvanga hujum qilishga jur’at etmaydi;
- Nikolas Maduro afv etilmaydi.