Bu haqda Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga ma’lum qildi. Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi va NATO chegarasi yaqinida amalga oshirilgan mazkur zarba Yevropa qit’asi xavfsizligi uchun jiddiy tahdid bo‘lib, transatlantik hamjamiyat uchun sinov hisoblanadi.
Sibiga Rossiyaning «bee’tibor va xavfli harakatlari»ga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi. Shuningdek, Ukraina zarbaning barcha tafsilotlari haqida AQSH, yevropalik hamkorlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlarni diplomatik kanallar orqali xabardor qilayotganini bildirdi.