«Fransiyaning AQSh boshchiligidagi va unga xizmat qiluvchi harbiy alyans - NATO faoliyatida ishtirok etishi masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi. Men Fransiyani Shimoliy Atlantika alyansidan chiqishga chaqiruvchi rezolyusiyani ko‘rib chiqish uchun taklif kiritmoqdaman, bu birlashgan qo‘mondonlikdan boshlanadi», deyiladi siyosatchining ijtimoiy tarmoqdagi postida.
Vise-rais Vashingtonning so‘nggi geosiyosiy tashabbuslari o‘zini bunga undaganini ma’lum qildi. Xususan, u AQSh harbiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni o‘g‘irlab ketgani bilan bog‘liq voqeani eslatdi.
Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlarning «Falastindagi genosidga ko‘rsatayotgan harbiy yordami» va AQSh prezidenti Donald Trampning «Grenlandiyani qurolli anneksiya bilan tahdid qilayotganidan» ranjigan.
Avvalroq, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vashingtonning Tramp boshchiligidagi tashqi siyosatini qoraladi. Makronning fikricha, AQSh ittifoqchilardan uzoqlashmoqda va «qaroqchilar makoniga» aylanish xavfi ostida.