Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq ustozi Xavi Ernandes "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga nomzodlar qatorida ko‘rilmoqda.
El Nacional xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis jamoada ish boshlagan taqdirda "ko‘k-anorranglilar" futbolchilaridan birini "Old Trafford"da ko‘rmoqchi. Xavi "MYu" rahbariyatidan "Barselona" xavbeki Fermin Lopes transferini rasmiylashtirishni so‘raydi.
22 yoshli yarim himoyachi 2023 yilning yozidan buyon Kataloniya grandi sharafini himoya qilmoqda. Uning shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan va bozor narxi 70 million yevroga baholanmoqda.