Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Atetiko” futbolchisi: “Bu faoliyatimdagi eng baxtli mag‘lubiyat”

“Atetiko” futbolchisi: “Bu faoliyatimdagi eng baxtli mag‘lubiyat”

Madridning «Atletiko» klubi sardori Koke Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida «Barselona»dan qabul qilingan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng intervyu berdi.

Ushbu natija «matraschilar»ni qanoatlantirdi — to‘qnashuvning ilk bahsida ular 4:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

«Biz to‘rt yoki besh yildan beri sovrin yutmayapmiz, shu sababli muxlislarimiz uchun finalga chiqishni juda xohlagandik. Bu faoliyatimdagi eng baxtli mag‘lubiyat», — deya Atletico Universe 34 yoshli yarim himoyachining so‘zlarini keltirmoqda.

Finalda Diyego Simeone jamoasi yo «Real Sosyedad», yoki Bilbaoning «Atletik» klubi bilan o‘ynaydi. Bask jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv «oq-ko‘klar»ning g‘alabasi bilan yakunlangan edi (1:0), javob jangi esa bugun bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 12:30. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!