«Oltin to‘p» tashkilotchilari mukofot tarixidagi eng yaxshi g‘oliblik mavsumini aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasida Ballon d’Or of All Time (B.O.A.T.) ovoz berish jarayonini boshladi.
Ro‘yxatdan ushbu sovrinni kamida ikki marta qo‘lga kiritgan 10 nafar futbolchi o‘rin olgan. Ovoz berishda ularning har bir g‘oliblik mavsumi alohida variant sifatida taqdim etilgan.
Ovoz berishda ishtirok etayotgan futbolchilarning to‘liq ro‘yxati:
Lionel Messi, Argentina (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019, 2021, 2023).
Krishtianu Ronaldu, Portugaliya (2008, 2013, 2014, 2016, 2017).
Ronaldo, Braziliya (1997, 2002).
Marko van Basten, Niderlandiya (1988, 1989, 1992).
Mishel Platini, Fransiya (1983, 1984, 1985).
Karl-Xayns Rummenigge, Germaniya (1980, 1981).
Kevin Kigan, Angliya (1978, 1979).
Frans Bekkenbauer, Germaniya (1972, 1976).
Yoxan Kroyf, Niderlandiya (1971, 1973, 1974).
Alfredo Di Stefano, Ispaniya (1957, 1959).
Muxlislar ovozi uchun kurash 2026 yil 27 oktyabr kuni Parij vaqti bilan soat 23:59 da yakunlanadi. Ovoz berish natijalari esa 28 oktyabr kuni mukofotning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.