Oybek Yo‘ldoshev Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U tayinlovga qadar «PwC Uzbekistan» kompaniyasida davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori lavozimida ishlagan.
Mehriniso Pardayeva Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari lavozimini egalladi. U bunga qadar Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Sanjar Mirzaliyev Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikasiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida ishlagan.