Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyning Osloda jurnalistlar bilan muloqot qilishiga yo‘l qo‘ymadi. Bu holat AQSh vakillari bilan uchrashuv oldidan sodir bo‘lgan.
RIA Novosti xabar berishicha, Stubb Zelenskiyni "himoya qilish" bahonasida qo‘shni xonaga chaqirgan.
Dastlab Finlyandiya prezidenti qo‘l ishorasi bilan Zelenskiyni yoniga chaqirdi. Biroq Ukraina rahbari jurnalistlarning savollariga javob berish uchun to‘xtadi.
Shundan so‘ng Stubb yana qo‘li bilan ishora qilib, uni qo‘shni xonaga o‘tishga undadi.
"Biz seni yolg‘iz qoldirmaymiz, seni himoya qilamiz. Shuning uchun bu yoqqa kel", — deya Stubbning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.