Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroport va moliyaviy markaz husiylar nishoniga aylandi

Ar-Riyoddagi xalqaro aeroport va moliyaviy markaz husiylar nishoniga aylandi

Yamandagi "Ansor Alloh" harakati vakillari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi ikkita muhim ob’ektga raketa zarbalari berilganini ma’lum qildi.

Harakatning harbiy vakili Yahyo Sari’ning bildirishicha, hujumlar qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport hamda mamlakat poytaxtidagi moliyaviy markazga qaratilgan.

Sari’ o‘zining Telegram kanalida tarqatgan bayonotida mazkur harbiy amaliyot muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ta’kidladi.

"Operasiya belgilangan maqsadga muvaffaqiyatli erishdi", — dedi husiylar harbiy vakili.

Hozircha hujum oqibatida yetkazilgan zarar va ehtimoliy talafotlar haqida aniq ma’lumot keltirilmagan.

Kiritildi: 23:43 15.11.2026. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik