Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQShda ayol ChatGPT maslahatidan keyin epilepsiyaga qarshi dorini qabul qilishni to‘xtatdi va vafot etdi

AQShda ayol ChatGPT maslahatidan keyin epilepsiyaga qarshi dorini qabul qilishni to‘xtatdi va vafot etdi


The New York Times yozishicha, 31 yoshli amerikalik ayol dorining nojo‘ya ta’sirlaridan xavotirlanib, ChatGPT’dan maslahat so‘ragan. Chat-bot unga doza kamaytirish rejasini tuzib bergan va bu haqda shifokoriga aytmaslikni tavsiya qilgan.

Ayol doza kamaytirilishi haqida kamida 158 marta xavotir bildirganiga qaramay, chat-bot uni tinchlantirishda davom etgan.

U 11 fevral kuni so‘nggi xabarini yuborgan, uch kundan keyin esa epilepsiya bilan bog‘liq asorat oqibatida vafot etgan holda topilgan.

Hozirda ayolning ota-onasi OpenAI’ni xavfli tibbiy maslahatlar berishda ayblab, kompaniyaga qarshi sudga murojaat qilgan.

Kiritildi: 11:50 29.10.2026. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!