Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Yaqin Sharqdagi elchixonasi xodimlarining bir qismini evakuasiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Yaqin Sharqdagi elchixonasi xodimlarining bir qismini evakuasiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Davlat departamenti Yamanning «Ansor Alloh» (xusiylar) harakatiga qarshi ehtimoliy harbiy operasiya fonida Yaqin Sharqdagi Amerika elchixonalari xodimlarining bir qismini evakuasiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bu haqda Amerika ma’muriyati vakillari ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Davlat departamenti AQShning Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi elchixonalari ayrim xodimlari va ularning oila a’zolariga mamlakatni tark etish bo‘yicha ko‘rsatma berishga (buyruq chiqarishga) tayyorlanmoqda.

«Ushbu qadam harbiy harakatlarning, xususan, Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xusiylarga qarshi amaliyotlarning ehtimoliy qayta boshlanishi bilan bog‘liq», — deb qayd etadi Reuters.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida Qo‘shma Shtatlarning Saudiya Arabistoni tomonidan «Ansor Alloh» harakati pozisiyalariga beriladigan zarbalarga qo‘shilishi ehtimoli bo‘yicha qaror qabul qilishini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 07:40. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!