AQSh va Xitoy hukumatlari yadroviy ob’ektlarga o‘zaro tashrif buyurish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Tomonlar ushbu tashabbusni yaqinlashib kelayotgan yuzma-yuz uchrashuvlarda ilgari surishni rejalashtirmoqda.
CNN xabar berishicha, gap AQSh Energetika vazirligi tasarrufidagi milliy laboratoriyalar va Xitoydagi shunga o‘xshash ob’ektlarga tashriflar haqida bormoqda.
Qayd etilishicha, hozircha muzokaralar dastlabki va norasmiy xarakterga ega.