AQSh va Xitoy Rossiya ishtirokidagi uchrashuv masalasida kelisha olmayapti
AQSh va Xitoy o‘rtasida Rossiya ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan uch tomonlama uchrashuvning formati va kun tartibi bo‘yicha kelishmovchilik yuzaga keldi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Pekin uchrashuvni oldindan belgilangan ssenariy bo‘yicha o‘tkazmoqchi, unga ko‘ra yetakchilardan har biri tayyorlangan bayonotni o‘qib beradi va tomonlarda erkin muhokama qilish imkoniyati deyarli qolmaydi. Tramp ma’muriyati esa, aksincha, erkinroq fikr almashishni talab qilmoqda.
Muzokaralar Xitoyda bo‘lib o‘tadigan APEC sammiti doirasida o‘tkazilishi mumkin, biroq format va kun tartibi bo‘yicha kelishmovchiliklar ularning o‘tkazilishini shubha ostiga qo‘ymoqda, deb ta’kidlaydi gazeta.
Xitoylik amaldorning WSJ’ga aytishicha, agar sammitga dastlabki tayyorgarlik kelishilgan kun tartibi va "oldindan belgilangan natijani" ta’minlasa, Pekin uch tomonlama uchrashuvni o‘tkazishga tayyor.
Uchrashuv 18–19 noyabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammiti doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.