Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Tayvanga 11,1 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

AQSh Tayvanga 11,1 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Xitoyning tobora ortib borayotgan harbiy bosimi sharoitida AQSh Tayvanga 11,1 mlrd dollarlik qurol sotishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Agentlikning qayd etishicha, Tayvanga qurol sotish AQSh prezidenti Donald Trampning hozirgi ma’muriyati davridagi shu kabi ikkinchi qaror bo‘lib, Pekinning Tayvanga qarshi harbiy va diplomatik bosimni kuchaytirayotgan bir paytda yuz berdi.

Tayvan Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, taklif qilingan paket sakkiz turdagi qurolni, jumladan, HIMARS raketa tizimlari, gaubisalar, Javelin tankka qarshi raketalari, Altius dronlari va harbiy jihozlar uchun ehtiyot qismlarni qamrab oladi.

Tayvan Qo‘shma Shtatlarga minnatdorlik bildirib, bitim orolga "tezkor tarzda kuchli tiyib turish salohiyatini yaratishga" yordam berishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:25 18.12.2025. O'qildi: 416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!