Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh razvedka droni Eron yaqinida parvozlar amalga oshirdi

AQSh razvedka droni Eron yaqinida parvozlar amalga oshirdi

AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli "P-8A Poseidon" suvosti kemalariga qarshi patrul samolyoti va "MQ-4C Triton" radioelektron razvedka uchuvchisiz uchish apparati Eron qirg‘oqlaridan janubi-sharqda soatlab davom etgan parvozni amalga oshirdi.

Bu haqda aviasiya harakatini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi "Flightradar24" platformasida ma’lumotlar e’lon qilindi.

Dron AQShning BAAdagi "Al-Dafra" aviabazasidan havoga ko‘tarilgan. Bir necha soat davomida u Ummon ko‘rfazidagi Eron yaqinidagi xalqaro suvlarda harakatlangan.

Shundan so‘ng, "P-8A Poseidon" samolyoti Bahraynning "Shayx Isa" aviabazasidan uchib chiqqan va Hurmuz bo‘g‘ozi uzra ko‘plab parvozlarni amalga oshirgan.

Kiritildi: Bugun 11:11. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!