Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qiluvchi Eron tuzilmasiga qarshi sanksiya joriy etdi

AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qiluvchi Eron tuzilmasiga qarshi sanksiya joriy etdi

Vashington ma’muriyati Eronning Fors ko‘rfazini nazorat qilish boshqarmasiga qarshi sanksiyalar joriy etdi, ushbu tuzilma Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishni tartibga solish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi bayonotida so‘z boradi.

Amerika tomonining talqiniga ko‘ra, Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) ushbu tuzilmadan «kemalarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishi uchun mablag‘ undirish (tovlamachilik qilish)» maqsadida foydalanadi.

Vashington, shuningdek, mazkur Eron idorasi bilan hamkorlik qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ham sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Ushbu bo‘g‘oz bo‘yicha „soxta boshqarma“ bilan hamkorlik qiluvchi har bir tomon IIMKni qo‘llab-quvvatlayotgan va undan xizmatlar olayotgan bo‘lishi mumkin, bu esa tovlamachilik harakatlariga yordam beradi va sanksiyalar joriy etilishi xavfini tug‘diradi», — deyiladi AQSh Moliya vazirligi bayonotida.

Kiritildi: Bugun 09:05. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!