Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

YUToshkent shahrining Yashnobod tumanidagi tokarlik sexida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi poytaxt favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

o‘lariq ko‘chasida joylashgan sexda yong‘in chiqqanligi haqidagi xabar 27-may kuni soat 00:30 da kelib tushdi.

Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 00:35 da yetib borib, yong‘in soat 00:58 da qurshab olingan va soat 01:31 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagani bildirildi.

Hozirda yong‘in sababi, keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:06. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!