Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi. Bu haqda Iran International xabar berdi.
Bunday tashabbus bilan Eron Ichki ishlar vaziri maxsus yordamchisi ilgari surdi.
Uning fikricha, ushbu birlashma energiya resurslari, iqtisodiy salohiyat hamda strategik yo‘nalishlar, jumladan, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish evaziga qudratli kuchga aylanishi mumkin.