AQSh harbiylari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) mintaqadagi AQSh kemalariga zarba berishga uringanidan so‘ng, Eronning uchta tankeriga hujum qildi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligining (CENTCOM) ijtimoiy tarmoq sahifasidagi bayonotida aytilgan.
"CENTCOM kuchlari 5 sentyabr kuni IIQK mahalliy suvlarni patrul qilayotgan ikkita AQSh dengiz floti kemasiga ballistik raketalar uchirganidan so‘ng, uchta Eron neft tankeriga zarba berdi”, deyiladi bayonotda.
Eron hujumlari AQSh aviatashuvchisi yoki esminesi zarar ko‘rmadi va qurbonlar bo‘lmadi.
Bayonotda qo‘shimcha qilinishicha, AQSh kuchlari Xarg oroli yaqinida Downy tankerini va Jask yaqinida Stark 1 tankerini ishdan chiqardi. AQSh kuchlari shuningdek, Ummon ko‘rfazida yuklanmagan Kylo tankerini yo‘q qildi va ekipajga kemani tark etish buyurilganidan keyin unga bir necha bor zarba berdi.