AQSh Eronning Hurmuzgon viloyatidagi Sirik shahriga zarbalar berdi.
Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi manbalarga tayanib ma’lum qildi.
Eronning bir qator ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, mahalliy aholi bir necha soat davomida portlash ovozlarini eshitgan, biroq ularning kelib chiqish sababi aniqlanmagan.
Hozircha bu borada rasmiy bayonot berilmagan. Ehtimoliy zarar ko‘lami, shuningdek, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.