Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Erondan jiddiy qadamlar kutmoqda

AQSh Erondan jiddiy qadamlar kutmoqda

AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Reuters agentligiga bergan intervyusida, agar Tehron yadroviy qurol yaratishdan voz kechganini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, Eron uran boyitish imkoniyatlari bo‘yicha jiddiy qadamlar tashlashi kerakligini aytdi.

«Agar siz yadroviy qurolga ega bo‘lishni istamasangiz, unda 60 foizgacha boyitilgan yoqilg‘i sizga nima uchun kerak?» — dedi Vens.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Eron o‘z yadroviy dasturini qayta tiklamaslik majburiyatini oladigan va buning uchun amaliy qadamlar qo‘yadigan kelishuvni imzolashga tayyor.

Shu bilan birga, Vens AQSh Eron tomonining faqat va’dalar evaziga biror harakat qilish niyatida emasligini ta’kidladi.

«Biz harakatga — harakat bilan javob berishimiz kerak. Endi eronliklar nima qilishini ko‘ramiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: Bugun 05:45. O'qildi: 62 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!