AQSh Moliya vazirligi Eron mahsulotlarini xalqaro bozorlarga yetkazib berishga ko‘maklashganlikda gumonlab, Gresiya va Panamada ofislariga ega bo‘lgan «Karnakis and Karnakis» yuridik firmasiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.
AQSh rasmiylarining ta’kidlashicha, ushbu kompaniya Eron mahsulotlari eksportiga noqonuniy ravishda ko‘maklashib, Tehronga qurol-yarog‘ ishlab chiqish va yadroviy dasturini rivojlantirish uchun mablag‘ olish imkonini bergan.
AQSh Moliya vazirligiga tayanib Report xabar berishicha, yuridik firmadan tashqari, uning faoliyatiga aloqador bo‘lgan besh nafar jismoniy shaxs ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Cheklovlarning joriy etilishi figurantlarning AQSh hududidagi aktivlarini muzlatishni hamda AQSh fuqarolari va kompaniyalariga ular bilan moliyaviy operasiyalar o‘tkazishni taqiqlashni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) bosh lisenziya e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Karnakis and Karnakis» ishtirokida avval boshlangan bitimlarni yakunlash uchun zarur bo‘lgan operasiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan.