Angliyaning Premyer-liga 34-turidan o‘rin olgan bahsda «Byornli» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qildi. «Tyorf Mur» stadionida o‘tgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona golni 5-daqiqada Erling Xoland kiritdi. Norvegiyalik futbolchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, o‘z imkoniyatidan samarali foydalandi. O‘yin oxirigacha har ikki jamoa gol urish imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ammo vaziyatlardan foylana olmadi.
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov mazkur o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va bahs oxirigacha maydonda harakat qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» 70 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ikkinchi pog‘onada ham 70 ochkoga ega «Arsenal» joylashgan, biroq “shaharliklar” to‘plar nisbati (66:63) bo‘yicha ustunlikka ega. Qizig‘i shundaki, har ikki jamoaning gollar farqi bir xil — +37.
Bir necha tur oldin «Arsenal» raqibidan 9 ochko oldinda edi, ammo oxirgi ikki o‘yindagi mag‘lubiyatlar, jumladan «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvdagi natija bu ustunlikni yo‘qqa chiqardi.
«Byornli» esa 34 o‘yindan keyin 20 ochko bilan 19-o‘rinda qolmoqda va jamoa APLni rasman tark etdi. Mavsum yakunlanishigacha jamoalar yana 5 tadan o‘yin o‘tkazadi.
Angliya — Premyer-liga. 34-tur
22 aprel 2026 yil, chorshanba.
«Byornli» — «Manchester Siti» 0:1
Gol: Erling Xoland 5'