Andijon viloyati Shahrixon tumanida bir oilaning ikki a’zosi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Milliy telekanalining Millar dasturida xabar berildi.
Voqea 2 mart kuni soat taxminan 23:00 da sodir bo‘lgan. 32 yoshli haydovchi Cobalt mashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan boshqa bir Cobalt`ga urilgan.
Oqibatda ikkinchi avtomashinada bo‘lgan 16 yoshli o‘smir voqea joyida, uning akasi esa shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.