Ijtimoiy tarmoqda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi holati yuzasidan habar joylashtirilgan.
Aniqlanishicha, Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi tomonidan 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan U.Ya joriy yilning 3-iyun kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori-ijtimoiy xodimi lavozimida ishlagan S.B voyaga yetmagan U.Mni Andijon shaharda joylashgan ko‘p qavatli uyga olib borib, u bilan jinsiy aloqa qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 4-iyun kuni S.Bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudning tegishli ajrimi bilan gumonlanuvchi tariqasida “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Gumonlanuvchi Andijon boks maktabining yetakchi vakillaridan biri, 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi ham ekanligi aytilmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, yakunida qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.