Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Andijonda FVB boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Andijonda FVB boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Andijon viloyatida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Shahrixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.G. “H.” MCHJ ish yurituvchisi E.K.ning ishonchiga kirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasida kelgusida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmaslik va tekshiruvchilar kelgan taqdirda uning foydasiga hal qilib berishini aytib, 1,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:55 17.09.2026. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!