Elyorbek Rahmatillayevich Karimov Andijon viloyati Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi
Elyorbek Karimov 1986 yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida g‘aznachilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida mas’ul lavozimlarda, shuningdek, Izboskan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.