Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Amerika harbiy kemalari Hormuz bo‘g‘ozidan chiqib ketdimi?

Amerika harbiy kemalari Hormuz bo‘g‘ozidan chiqib ketdimi?

Eron tomoni Amerika harbiy kemalari yuzlab kilometr uzoqlikka chekinganini ma’lum qilganiga qaramay, AQSh harbiy kemalari Hormuz bo‘g‘ozi va unga tutash suv hududlarida o‘z vazifalarini bajarishda davom etmoqda.

Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

«Yaqin Sharqda joylashtirilgan Amerika kuchlari Hormuz bo‘g‘ozi va unga tutash suv hududlarida hozir ham mavjud bo‘lib, yuqori darajadagi hushyorlikni saqlab turibdi. Bu holat o‘tgan dam olish kunlari CENTCOM qo‘mondoni tomonidan ham tasdiqlandi», — deyiladi bayonotda.

Qo‘mondonlik Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonining Amerika harbiylari Hormuz bo‘g‘ozini tark etib, undan yuzlab kilometr uzoqlikka chekingani haqidagi bayonotini haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb atagan.

«Ushbu xalqaro suv yo‘li ustidan nazoratni Eron emas, balki AQSh Qurolli kuchlari va ularning mintaqaviy hamkorlari amalga oshirmoqda», — deya ta’kidlagan CENTCOM.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!