Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Alonso kamida qachongacha «Real» boshqaruvida qolishi ma’lum bo‘ldi

Alonso kamida qachongacha «Real» boshqaruvida qolishi ma’lum bo‘ldi

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso kamida yanvar oyiga qadar Madrid klubida qoladi, deya xabar bermoqda Diario AS.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, agar jamoa o‘yinida jiddiy inqiroz yuzaga kelmasa, Alonso yanvar oyida Ispaniya Superkubogi 1/2 finalidan o‘rin olgan "Real" - "Atletiko" uchrashuviga qadar ishlashda davom etadi.

8 dekabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin Alonso uchun "Real"dagi so‘nggisi bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

"Real" 16-turdan keyin 36 ochko bilan La Ligada 2-o‘rinda bormoqda va "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 23:26 10.12.2025. O'qildi: 558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!