Prezident Farmoni bilan Alisher Samadov O‘zbekiston Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Prezident Administrasiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Samadov ushbu departamentga 2025 yil iyulidan rahbarlik qilib kelayotgan edi. Ungacha Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.