Livanning Al-Akhbar nashri yozishicha, Pokiston Qurolli kuchlari qo‘mondoni Asim Munir 20 oktyabr kuni Tehronga borib, AQShning Eronga qaratilgan «so‘nggi ogohlantirishi»ni yetkazgan.
U Vashingtonning yadroviy dastur bo‘yicha talablariga yon berishni talab qilgan. Aks holda Eron markazidagi Jabal-al-Fas hududida joylashgan yadroviy ob’ektlarga qarshi keng ko‘lamli hujum amalga oshirilishi mumkinligi aytilgan.
Nashrga ko‘ra, Tehronda vaziyatni yumshatishda Rossiyaning roli, xususan, Lavrovning Eronga tashrifidan keyin Moskva tomonidan olib borilayotgan diplomatik sa’y-harakatlar ham muhokama qilinmoqda.