Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Aholi uchun suyultirilgan gaz narxi 2,5 barobarga oshishi mumkin

Aholi uchun suyultirilgan gaz narxi 2,5 barobarga oshishi mumkin



O‘zbekistonda aholining maishiy ehtiyojlari uchun ishlatiladigan suyultirilgan gazning chakana narxini 1 kilogramm uchun 2 000 so‘mdan 5 000 so‘mga oshirish taklif qilinmoqda.

Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida nazarda tutilgan. Yangi narxni 1 noyabrdan joriy etish taklif qilingan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga sotib olingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘mdan, oyiga ko‘pi bilan 20 kg uchun kompensasiya berish ham taklif qilinmoqda.

Bunda eng yuqori oylik yordam miqdori 60 ming so‘mni tashkil etadi. Mazkur loyiha hozirda jamoatchilik muhokamasida bo‘lib, jarayon 28 oktyabrgacha davom etadi.

Kiritildi: Bugun 16:32. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!