Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston — O‘zbekiston o‘rtasidagi boks jangi rasman e’lon qilindi

Qozog‘iston — O‘zbekiston o‘rtasidagi boks jangi rasman e’lon qilindi

Qozog‘istonlik professional bokschi Raxat Seytjan (10-1, 6 KO) va o‘zbekistonlik raqibi Jahonmurod Imomaliyev (9-5, 5 KO) o‘rtasidagi jang Aktobe shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sports.kz nashri promouter Jalg‘as Tukeshovga tayanib xabar berdi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, Aktobeda Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari o‘rtasida keskin to‘qnashuv kutilmoqda.

Professional boks kechasi «Chempionlar kechasi» deb nomlanib, 31 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Seytjan va Imomaliyev yarim o‘rta vazn toifasida, olti raundga mo‘ljallangan jangda kuch sinashadi.

«Raxat Seytjan O‘zbekiston vakili Joxonmurod Imomaliyevga qarshi ringga ko‘tariladi.

Sana: 31 oktyabr 2026 yil.

Joy: Aktobe, Yakkakurashlar saroyi», — deya ma’lum qilgan promouter o‘zining instagram sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Seytjan (10-1, 6 KO) so‘nggi marta 2026 yil aprelida jang qilgan edi. U o‘sha bahsda rossiyalik Danis Gabdrafikovga qarshi WBA Asia East mintaqaviy kamari uchun ringga chiqib, hakamlar yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan.

O‘zbekiston vakili Jahonmurod Imomaliyev esa 2025 yil yanvar oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida ishtirok etib, saralash bosqichlarida bir qator havaskor janglar o‘tkazgan.

Kiritildi: 23:44 13.10.2026. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!