Xorazm viloyati Xonqa tumanida 21 yoshli yigit onasiga kechki payt qo‘ng‘iroq qilgan sinfdoshlari bilan janjallashib, bir kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Janjal dastlab telefon orqali boshlangan. Yigit otasi bilan choyxonaga borib, tortishuvdan so‘ng uyiga qaytgan. Biroq keyinroq pichoq sotib olib, choyxonaga yana borgan.
Ikkinchi janjal paytida u nizoni ajratishga uringan kishini pichoqlab o‘ldirgan, yana bir kishiga tan jarohati yetkazgan.
Sud yigitni qasddan odam o‘ldirish va odam o‘ldirishga suiqasd qilishda aybdor deb topib, 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi.