Fransiyalik hujumchi, Madridning «Real» klubi futbolchisi Kilian Mbappe Score90 futbol portali talqiniga ko‘ra, 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar yangilangan reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Oktyabr oyi uchun tuzilgan prognozda ikkinchi o‘rin «Barselona»ning ispaniyalik vingeri Lamin Yamalga nasib etdi. Individual sovrin uchun asosiy uchlikni Myunxenning «Bavariya» klubida to‘p surayotgan angliyalik hujumchi Xarri Keyn yakunlab berdi.
Reyting mualliflari to‘rtinchi o‘rinni «Barselona»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Rodriga, beshinchi pog‘onani esa «Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xolandga berishdi.
2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Tadbir London Palladium teatrida tashkil etilib, unda sovrinlar sohiblari e’lon qilinadi.