Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Telegramda Erkinjon Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqalmoqda

Telegramda Erkinjon Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqalmoqda

Telegram orqali Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan "tekshiruv" bo‘yicha soxta xabarlar tarqatilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – vazir Erkinjon Turdimov nomidan Telegram orqali yuborilayotgan xabarlar soxta ekanini ma’lum qildi.

Soxta xabarlarda vazirlik olimlar faoliyati bo‘yicha ichki tekshiruv o‘tkazayotgani va fuqarolar bilan DXX mayori bog‘lanishi aytilgan. Vazirlik bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

Fuqarolardan ehtiyotkor bo‘lish va quyidagilarga amal qilish so‘ralmoqda:

-noma’lum akkauntlarga shaxsiy ma’lumotlarni yubormaslik;

-pasport ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni bermaslik;

-shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmaslik;

-vazir yoki vazirlik nomidan kelgan xabarlarni rasmiy axborot kanallari orqali tekshirish.

Kiritildi: Bugun 05:30. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!