Estoniya mudofaa vaziri Martin Xeremning “Evropeyskaya pravda” nashriga aytishicha, Ukrainadagi urush to‘xtaganidan keyin Rossiya harbiy salohiyatini oshirib, qo‘shni davlatlardan biriga hujum qilishi mumkin. Uning fikricha, keyingi nishon Estoniya, Latviya yoki boshqa mamlakat bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Xerem Rossiyaning maqsadi butun bir davlatni bosib olish emas, balki unga zarar yetkazish va NATO ittifoqchilari o‘rtasidagi ishonchni zaiflashtirish bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
“Ko‘pincha Estoniya strategik chuqurlikka ega bo‘lmagan davlat sifatida qaraladi. Mening javobim shu: bizning strategik chuqurligimiz bor. Butun Yevropa — bizning orqa tayanchimiz”, — dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Leningrad harbiy okrugini kengaytirmoqda, yangi bo‘linmalar tuzmoqda va qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, Xerem Rossiyani Ukrainadagi urushda uzoqroq ushlab turish kerak, degan fikrni rad etib, Ukrainaning g‘alaba qozonishini xohlashini aytdi.